2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 530,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1 057,4 ming nafar;
Tojikiston – 1 046,2 ming nafar;
Qozogʻiston – 668,4 ming nafar;
Rossiya – 364,5 ming nafar;
Turkmaniston – 67,2 ming nafar;
Turkiya – 51,9 ming nafar;
Xitoy – 28,7 ming nafar;
Hindiston – 28,2 ming nafar;
Janubiy Koreya – 19,6 ming nafar;
Italiya – 17,7 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 181 ming nafar.
Axborot xizmati