14/08/2024

    Joriy yilning 14-avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida hududiy statistika bo‘lim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.

Axborot xavfsizligi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech