Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi

     Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarmaning barcha bo‘limlari hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga duch kelsangiz xabar bering hamda faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi.

Shuningdek, tizim xodimlari boshqarmaning 2024-yil uchun tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi chora-tadbirda belgilangan vazifalarga to‘liq rioya qilishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Jumladan, tizimda korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan barcha xodimlarni ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech