O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 26-sentabrdagi 10/1-23-05-72-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 27-sentabr kuni boshqarmada yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning, mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Tizim xodimlariga ishxonada, xonadonlarida energiyadan oqilona foydalanish va energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatishning afzalliklari haqida keng qamrovli tushuntirish berildi.
Shuningdek, yuqorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan doimiy ravishda tizim xodimlariga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida boshqarma bosh yuristkonsulti O. Berdimurodovga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati