2024-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 7,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,5 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.
Yeryongʻoq eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 73,7 % ga oshgan.
Oʻzbekiston 2024-yilning 8 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon – 1 ming tonna;
Rossiya – 892 tonna;
Qozogʻiston – 707 tonna;
Qirgʻiz Respublikasi – 558 tonna;
Pokiston – 455 tonna;
Turkmaniston – 347 tonna;
Germaniya – 330 tonna;
Xitoy – 288 tonna.
Axborot xizmati