Joriy yilning noyabr oyida viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
Ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Payariq tumanida bo‘lib o‘tgan kuzatuvda Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i I. Raxmatov hamda Payariq tumani statistika bo‘lim mutaxassislari ishtirok etishdi.
Axborot xizmati