18/11/2024

    2024-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 97,3 ming tonna poliz ekinlari (2023-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,9 foiz ko‘p) yetishtirildi.

Poliz ekinlari yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilganimizda, poliz ekinlari yetishtirish umumiy hajmining 70,9 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Hududlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p poliz mahsulotlari Payariq tumanida 33 484 tonna hamda Pastdarg‘om tumanida 18 096,1 tonna yetishtirilgan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech