22/11/2024

    2024-yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi Sattorov Axadjon, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimovlar, “4-xizmat (jsh)” bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvga mas’ul Samarqand, Toyloq hamda Urgut tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan kuzatuvlarni sifatli tashkil etilayotganligini oʻrganish maqsadida kuzatuvlarda ishtirok etishdi. 

Kuzatuvlar davomida aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi  jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rganildi.

Xizmatlar sohasidagi muhim statistik ma’lumotlar uchun birlamchi axborot vazifasini o‘tovchi mazkur tanlanma kuzatuvida olingan ma’lumotlar kuzatuvga mas’ul xodim tomonidan  planshet qurilmalariga qayd etib borildi.

Shuningdek, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun mas’ul xodimlarga tegishli tafsiyalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech