2024-yil 1-dekabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 3 058 tani tashkil etib, shundan, yirik korxonalar soni 9 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 3 049 tani tashkil qildi.
2024-yilning yanvar-noyabr oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 17 017,4 mlrd so‘mga yetdi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,7 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 79,1 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati