2025-yilning 23-yanvar kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Narpay tumani statistika bo‘limi boshlig‘i D. Tursunova tomonidan Narpay tumanidagi 55-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda statistika bo‘limi boshlig‘i D. Tursunova tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirini maqsadi, vazifalari hamda o‘tkazish boshqichlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Mustaqil O‘zbekistonda ilk bor bu tadbir o‘tkazilayotganini inobatga olgan holda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr, ya’ni O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019-yil 5-fеvrаldаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2022-yildа аhоlini ro‘yхаtgа оlishni o‘tkаzish kоntsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5655-sоn Fаrmоni, 2020-yil 16-mаrt O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti tоmоnidаn O‘RQ-611-sоn bilаn tаsdiqlаngаn qonuni, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020-yil 3-аvgustdаgi “Milliy stаtistikа tizimini tаkоminllаshtirish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-4796-sоnli qаrоri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Qarori qabul qilinganligi, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbirda ma’ruzachi tomonidan Qarorning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga D. Tursunova tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati