Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yil 1-mart holatiga 38 784 tani tashkil etdi, ulardan 32 781 tasi tadbirkorlik subyektlari.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 36,3 foiz, sanoat – 12,4 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 8,1 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6,1 foiz, hududlar kesimida esa eng ko‘pi Samarqand shahrida – 29,7 foiz, tumanlardan Samarqand – 8,7 foiz, Pastdarg‘om – 7,7 foiz, Urgut – 7,6 foiz va Payariq tumanida – 5,0 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati