Joriy yilning 26-mart kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi F. Eshonkulov hamda boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi K. Temirovlar ishtirokida Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda F. Eshonkulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mazmun – mohiyati, maqsadlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi haqida ma’lumotlar berildi.
Shundan song, boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi so‘zga chiqib, o‘tkazilishi kutilayotgan “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiri, o‘tkazish jarayonlari, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilanish, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berdi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga boshqarma mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Axborot xizmati