2025-yil yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 32,5 mln AQSh dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 42,0 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 27,0 % ni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (28,6 %), XXR (20,0), Ozarbayjon (8,8 %) hamda Turkiya (7,6 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati