08/04/2025

    2025-yilning 8-aprel kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Bulung‘ur tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan Bulung‘ur tumani 34-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

    Ma’ruzachi tomonidan Mustaqil O‘zbekistonda ilk bor bu tadbir o‘tkazilayotganini inobatga olgan holda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr, ya’ni O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019-yil 5-fеvrаldаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2022-yildа аhоlini ro‘yхаtgа оlishni o‘tkаzish kоntsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5655-sоn Fаrmоni, 2020-yil 16-mаrt O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti tоmоnidаn O‘RQ-611-sоn bilаn tаsdiqlаngаn qonuni, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining  2020-yil 3-аvgustdаgi “Milliy stаtistikа tizimini tаkоminllаshtirish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-4796-sоnli qаrоri haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Tadbirda ma’ruzachi tomonidan Qarorning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

    Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech