14/04/2025

    Joriy yilning 14-aprel kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Samarqand shahar statistika bo‘limi boshlig‘i J. Ulashev ishtirokida Samarqand shahar hokimligi, shahar korxona va rashkilotlar rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.

    Tadbirda J. Ulashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevral kungi  “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mazmun – mohiyati, maqsadlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

    Ma’ruzachi tomonidan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning  makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi haqida ma’lumotlar berildi.

    Shundan song, ma’ruzachi o‘tkazilishi kutilayotgan “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiri, o‘tkazish jarayonlari,  aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilanish, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida axborot berdi.

   Tadbir so‘ngida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga J. Ulashev tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech