28/04/2025

    2025-yilning 1-aprel holatiga Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 4 315,3 ming kishini tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpaygan. 2025-yil yanvar-mart oylarida tugʻilganlar soni 23,6 ming nafarni, vafot etganlar 4,5 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 19,1 ming kishiga teng boʻldi. Viloyatimizga koʻchib kelganlar soni 3,4 ming kishini va koʻchib ketganlar soni 4,6 ming kishini, qayd etilgan nikohlar 4,8 mingtani, nikohdan ajralishlar 1,1 mingtani tashkil etgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech