28/04/2025

    Joriy yilning 28-aprel kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasida boshqarma rahbariyati tomonidan boshqarma xodimlari uchun sohaga oid yangiliklar yuzasidan seminar tashkil etildi.

    Seminarni boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyev ochib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi  “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarori yuzasidan qisqacha tushuncha berib o‘tdi.

    Shuningdek, tadbirda O. Berdimurodov tomonidan Farmoni hamda qarorinining mazmun – mohiyati, maqsadlari to‘g‘risida keng ma’ruzasi tinglandi.

    Ma’ruzachilar tomonidan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning  makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini  hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi haqida ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech