29/04/2025

    Samarqand viloyatida doimiy aholi soni 2025-yil 1-aprel holatiga koʻra 4 315,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 88,0 ming kishiga yoki 2,1 foizga koʻpaydi. Doimiy yashash hududi boʻyicha shahar joylarda 1 576,5 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 36,5 %), qishloq joylarda esa 2 738,8 ming kishi (63,5 %) istiqomat qilmoqda. Ayollar soni 2 140,7 ming kishini (49,6 %), erkaklar esa 2 174,6 ming kishini (50,4 %) tashkil etmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech