2025-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra viloyatimizda 4 828 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 1 164 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 24,1 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 743 tasi (15,4 %) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 379 tasi (7,8 %) kiyim ishlab chiqarishga, 456 tasi (9,4 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga va 345 tasi (7,1 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborot xizmati



