24/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabr holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 16 946 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 4 144 tasi qo‘shma, 12 802 tasi esa xorijiy korxonalardir.

   Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

   − savdo sohasida – 6 053 ta;

   − sanoat sohasida – 3 538 ta;

   − qurilish sohasida – 1 282 ta;

   − axborot va aloqa sohasida – 1 239 ta;

   − yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 714 ta;

   − tashish va saqlash sohasida – 553 ta;

   − qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 430 ta;

   − sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 203 ta;

   − boshqa sohalarda – 2 934 ta.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech