30/09/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda 58,5 trln soʻmlik toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

   Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshgan.

   Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi umumiy sanoat ishlab chiqarishida 8,9 % ulushni tashkil etdi.

   Mazkur davrda Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlarga qiymati qariyb 1,7 mlrd AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu umumiy eksportning 7,3 foizini tashkil etgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech