01/10/2025

   Joriy yilning 30-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “1-oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

   “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida, boshqarma rahbariyati tomonidan ustoz-murabbiylarning jamiyatimizdagi roli haqida gapirar ekanlar, ularning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, vatanimiz uchun sadoqatli va salohiyatli kadrlar tayyorlashda ustozlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlandi.

   Aziz ustozlar, yoshlar qalbiga bilim chirogʻini yoqib, hayot yoʻlini yorituvchi haqiqiy yoʻlboshchilardir.

   Siz, azizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz!

   Har bir kuningiz ziyoli, sogʻligʻingiz sogʻ, qalbingiz shod boʻlsin!

   Ijodiy parvozlaringiz doim davom etsin!

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech