O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida joylarda ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh MFYda 2025-yil 2-3-oktabr kunlari o‘tkazilgan tadbirda Bulung‘ur tuman hokimi S.Astonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i N.Muratov, uyushmaning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Z.Ziyayev, boshqarma boshlig‘i A.Ikramov hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasidan mas’ul mutassadilari ishtirok etishdi.
Tadbirda, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasidan mas’ul mutassadilari tomonidan, mahalla “Yettiligi” vakillariga Farmon mazmun-mohihati, ahamiyati, ro‘yxatga olish savolnomasi uni to‘ldirish yuzasidan kerakli ma’lumotlar berildi.
Statistika xodimlari hamda mahalla yettiligi ishtirokida sinov tariqasida xonadonlarga chiqqan holda ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar olindi.
Mazkur seminar aholi va qishloq xoʻjaligi maʼlumotlarini toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda roʻyxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazishga qaratilgan.
Axborot xizmati