Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 362,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 229,7 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Afg‘oniston — 339 585 nafar
Tojikiston — 16 734 nafar
Turkmaniston — 2 773 nafar
Rossiya — 673 nafar
Qozog‘iston — 504 nafar
Turkiya — 492 nafar
Boshqa davlatlar — 2 055 nafar

Axborot xizmati



