24/12/2025

   2025-yil 1-dekabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 884 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 40 ta, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 844 tani tashkil qildi.

   Viloyat bo‘yicha 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 27 779,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan
14,8 % ga o‘sdi.

   Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 14 773,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,2 % ni, viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 53,2 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech