25/12/2025

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli  Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15 dan 31-yanvargacha korxona va tashkilotlar, shuningdek, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan 2025-yilning 25-dekabr kuni seminar tashkil etildi.

    Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi vakili F. Eshonkulov ishtirok etib, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘qituvchilari uchun  aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati hamda mazkur jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

    Seminar davomida ishtirokchilarga elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, shuningdek, turli xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech