02/03/2026

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 32,7 trln so‘mni tashkil etdi.

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 % ga o‘sgan.

    1-fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 87 070 tani tashkil etdi.

    Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 35,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 15,6 % o‘sishni qayd etdi.

    1-fevral holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 52 605 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech