Bugun Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida “Statistika sohasi, uning ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. Salimov olib bordi. U uchrashuv davomida statistikaning mohiyati, asosiy vazifalari hamda jamiyat hayotidagi o‘rni haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, M. Salimov tomonidan vakant ish o‘rinlari, ishga qabul qilish talablari va sohadagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Uchrashuv yakunida talabalar mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda amaliy tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
Bunday uchrashuvlar talabalarning tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, ularni sohaning real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Axborot xizmati



