Samarqand viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son farmonining mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Qudratovning axboroti tinglandi.
Seminarda boshqarma bosh yuristkonsulti O. Berdimurodov so‘zga chiqib, aholini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha savodxonligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, jamoatchilik e’tiborini korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga qaratish, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati, ushbu farmonda Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini izchil davom ettirish, mamlakatimizning xalqaro reytingi va indekslardagi pozitsiyasini yanada yaxshilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida qaror qilinganligi, sohadagi davlat organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonlariga keng jamoatchilikni jalb qilish orqali samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi jamoatchilik va davlat idoralarining o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ular faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish zarurligini ta’kidlab o‘quv-seminar ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida preventiv mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan, jamiyatda korrupsiya holatlariga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ilmiy jihatdan tadqiq etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish,
shuningdek, 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilinganligi to‘g‘risida ham tushuntirish berildi.
Axborot xizmati



