Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Qudratov Payariq tumanidagi Yangi Hayot mahallasida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb muammolariga yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda o‘z fikrlarini bildirdilar. Boshqarma boshlig‘i tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Faol yoshlar tomonidan ilgari surilgan loyihalar alohida e’tirof etilib, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Yakunda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish zarurligini bildirdilar.
Axborot xizmati



