Bugun, Samarqand viloyati uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining majlislar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Samarqand viloyati filialining 2025-yildagi faoliyati yakunlari va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni, Agentlikning Axborot xizmati rahbari Sevara Zakirova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish, ochiqlikni ta'minlash va aholi bilan muloqotning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Agentlikning Samarqand viloyati filiali boshlig‘i Azizbek Ibragimov hisobot berdi. U o‘z nutqi davomida,boshqaruv tizimini optimillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va davlat xizmatlarini sifatini nazorat qilish bo‘yicha erishilgan natijalar, yil davomida hal etilgan muammolar, ishlab chiqilgan takliflar va 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, unda ommaviy axborot vositalari vakillari va taklif etilgan mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Axborot xizmati



