22/04/2026

   Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 27 568,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2025- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 9,6 % ga o‘sdi.

        YAHM deflyator indeksi 2025- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 112,3 % ni tashkil qildi.

        O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Samarqand viloyatining qo‘shgan hissasi 6,2 % ga yetdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech