Joriy yilning 27-aprelida viloyat statistika boshqarmasi katta zalida boshqarma xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i Sh. Qudratov ochib berdi.
Unda 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit yo‘nalishida hisobot topshirish jarayonida ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Shu bilan birga ayrim hududlarda hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaslik, topshirilgan ma’lumotlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari mavjudligi tanqid qilindi.
Yig‘ilish yakunida hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish, aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish va belgilanga rejalar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiringlar berildi.
Axborot xizmati



