29/04/2026

     Joriy yilning 29-aprel kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining zalida " 9-may Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ - 139-son qaroridagi 18 - bandi ijrosi yuzasidan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni boshqarma boshlig‘i Sh. Qudratov ochib berib, yig‘ilganlarni samimiy qutladi. Unda statistika tizimida uzoq yillar davomida halollik, fidoyilik va jonkuyarlik bilan xizmat qilgan faxriy ustozlardan, T. Soliyev,
N. Akramova shuningdek, o‘zining kreativligi, tezkorligi hamda jamoaviy ishlardagi faolligi bilan ajralib turgan yosh mutaxassislar ishtirok etdi.

    Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad, sohada samarali mehnat qilgan sobiq xodimlarni e’zozlash, ularning boy tajribasini yoshlarga yetkazish hamda kelajak avlodni rag‘batlantirishdan iboratdir.

    Tadbir davomida avlodlar o‘rtasidagi uzviylik, kasbiy an’analarni davom ettirish, ustoz-shogird munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv barchada iliq taassurotlar qoldirdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech