Bugun Samarqand viloyati statistika boshqarmasining “Ma’naviyat va ma’rifat” zalida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirni boshqarma boshlig‘i Sherzod Qudratov olib bordi. Uchrashuv davomida talabalarga statistika tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishning zamonaviy usullari hamda sohaning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Sh. Qudratov bo‘lajak iqtisodchilarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashning ahamiyati, statistika organlarida yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan atroflicha javob oldilar.
Bunday tadbirlar oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash bilan birga, yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati



