04/05/2026

    Joriy yilning 4-may kuni viloyat statistika boshqarmasining katta zalida boshqarma va tuman shahar xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i Sh. Qudratov ochib berdi.


    Tadbir davomida o‘tgan haftada o‘tkazilgan majlisda tarmoq hamda hududiy statistika bo‘limlariga berilgan topshiriqlar ijrosi, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, investitsiya va qurilish statistikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bino va hudud obodonchiligi, shuningdek, tartib intizom va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.


   

Yig‘ilish yakunida barcha bo‘lim rahbarlari va xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, intizomni mustahkamlash hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech