17/09/2026

     2026-yilning yanvar–iyul oylarida Samarqand viloyatida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri keldi. Mazkur yo‘nalishda 41 552,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 95,7 foizni tashkil etdi.

    Shuningdek, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‘nalishida 544,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi.

    Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash yo‘nalishida 1 076,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulushi 2,5 foizni tashkil etdi.

    Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish yo‘nalishida esa 252,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 0,6 foizni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech