15/06/2021

2021- yilning 5- aprelidan boshlab Respublikamiz hududlari boʻylab  Multiindikator klaster, MICS kuzatuvlari o‘z ishini boshladi. Jumladan, Samarqand viloyatida ham viloyat statistitka boshqarmasining maxsus oʻqitilgan bir nechta xodimlari kuzatuvlarda faol qatnashishmoqdalar.

2021- yilning 14- iyun kuni MICS kuzatuvchilari o‘z ish faoliyatlarini viloyatimizning Kattaqo‘rg‘on tumani “JIZMONSOY” MFY da davom ettirishmoqda.

Multiindikator klaster kuzatuvi xalqaro miqyosda oʻtkaziladi va mamlakatlar aholisining har tomonlama rivojlanish jarayonlarini oʻrganish hamda monitoring qilish uchun muhim statistik maʼlumotlarni olishga yordam beradi. Bu dastur doirasida bolalar va ayollar salomatligi holatini, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning taʼlim olish darajasi, bolalarning jismoniy rivojlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinadi.

Multiindikator klaster kuzatuvlari tanlanma asosida Samarqand viloyatidagi 46 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 920 ta uy xoʻjaligida oʻtkazilishi belgilangan va bugungi kunda o‘tkazilib kelinmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech