Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyun holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 734 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
2021- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 695 tani tashkil etmoqda.
2021- yil yanvar-may oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 145 ta
Farg‘ona viloyati – 85 ta
Samarqand viloyati – 68 ta
Toshkent viloyati – 66 ta