16/06/2021

2021- yilning 16- iyun kuni, Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi Charog’bon mahalla fuqorolar yig’inida viloyat statistika boshqarmasi “Ro'yxatga olish jarayonini tashkil etish va o'tkazish” bo'limi boshlig‘i F. Shukurov hamda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari birgalikda o‘quv seminar tashkil etishdi.

Seminarda F. Shukurov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbirda jumladan, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g'risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lishini ta’kidlandi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Seminar davomida mavzu yuzasidan berilgan savollarga qatnashchilar va maʼruzachi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech