Joriy yilning 21- iyun kuni, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi boʻlimi boshlig‘i T. Ermatov Jomboy tumani statistika bo‘limi xodimlari bilan birgalikda, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari uchun seminar tashkil etishdi.
Seminarda, E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4- mehnat (choraklik) Davlat statistika hisobotini to‘ldirish, hisobot ko‘rsatkichlari uni belgilangan muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, statistik hisobotlarni E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda topshirish orqali, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.
Seminar yakunida korxona va tashkilotlar hisobchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Axborot xizmati