O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda dolzarb vazifalar qatorida mehnat statistikasini samarali tashkil qilishga doir chora-tadbirlar belgilangan edi.
Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘quv-amaliy seminarlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 22- iyun kuni Ishtixon tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shu tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari uchun seminar tashkil qilindi.
Seminarda, E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4- mehnat (choraklik) Davlat statistika hisobotini to‘ldirish, hisobot ko‘rsatkichlari uni belgilangan muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, statistik hisobotlarni E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda topshirish orqali, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.
Seminar yakunida korxona va tashkilotlar hisobchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Axborot xizmati