22/06/2021

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga   to‘g‘ri   kelmoqda. Mazkur  hajm  2021- yil yanvar-may   oylari yakuniga ko‘ra, 5 780,9 mlrd. so‘mni  tashkil  etib, 2020- yil yanvar-may oylariga nisbatan 8,2 %ga ko‘paydi.  Jami chakana  savdo  tovar  aylanmasidagi  ulushi  esa  80,0  %ni   tashkil  etdi.

      Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,9 %) va Jomboy  (99,0 %), Nurobod  (98,8 %), Kattaqo‘rg‘on  (98,9 %), Ishtixon (98,7 %), Narpay (98,6 %), Qo‘shrabot  (98,6 %)  va  Payariq  (98,6 %)  tumanlarida  yuqori  bo‘ldi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech