2021-yilning 25-iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshligʻi T.Sidikov soʻzga chiqib, “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” mavzusida toʻxtalib, Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilayotganligi haqida to‘xtalib oʻtdi.
Shuningdek, yigʻilishda boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Sh.Toshpoʻlotov soʻzga chiqib, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, maʼnaviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish maqsadida aholi oʻrtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, mahalla tuman viloyat respublika prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jaholatga qarshi maʼrifat gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yoʻnalishlari, taʼsirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish, tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik gʻoyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targʻibot ishlarini olib borish, aholining ijtimoiy-maʼnaviy hayotida bunyodkorlik gʻoyalarini kuchaytirish, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash borasida yigʻilish ishtirokchilariga maʼlumot berildi.
Kun tartibidagi mavzu boʻyicha mavjud savollarga oʻquv seminar qatnashchilari va maʼruzachi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida javoblar berildi.
Axborot xizmati