24/08/2021

Muqaddas Vatanimizda tarixiy maskanlar, obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, azim shaharlar-u, so‘lim maskanlar juda ko‘p.

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani sababli bu maskanlar yanada chiroy ochib yurtimiz ahli va chet ellik sayyohlarni o‘ziga chorlamoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi bir guruh xodimlari ham yuqoridagillardan kelib chiqqan holda hamda “Vatan ichra sayohat” loyihasi doirasida yurtimizdagi tarixiy obidalar,  ziyoratgohlarga tashrif buyurishib sayohat qilib qaytishdi.

Muqaddas Vatanimizda tarixiy maskanlar, obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, azim shaharlar-u, so‘lim maskanlar juda ko‘p.

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani sababli bu maskanlar yanada chiroy ochib yurtimiz ahli va chet ellik sayyohlarni o‘ziga chorlamoqda.

Yurtimizdagi boy tarix va madaniyatga ega shaharlar orasida Samarqandning alohida o‘rni bor. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri tarixiy obidalari bilan ajralib turadi. Boshqarma jamoasi Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi va Shoxi Zinda majmuasi kabi tarixiy obidalarda bo‘lib, mashhur me’moriy obidalar bilan tanishdilar.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech