25/08/2021

Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 92,4 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,5 % oralig‘ida qayd etildi.

Moliyaviy va sug‘urtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 3,1 % ini tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-iyul oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmining 91,2 % ini sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar tashkil etgan.

     Sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,0 % ga to‘g‘ri kelgan.

     Moliyaviy va sug‘urtalashga tegishli yordamchi  xizmatlar – 4,8 %.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech