26/08/2021

2021- yilning yanvar-iyul oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 999,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 215,9 mln. AQSh dollariga yoki 27,6 % ga koʻpaydi.

TSA da eksport hajmi 264,9 mln. AQSh dollariga (54,1 % ga koʻpaydi) va import hajmi 734,2 mln. AQSh dollariga (20,1 % ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida – 469,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

 Maʼlumot uchun: Samarqand Viloyatida tovarlar tashqi savdosi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech