Bugungi ulugʻ kunlarda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika boʻlimlarimiz xodimlari orasidan ham bir guruhi oʻzining tinimsiz, halol mehnatlari tufayli “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan munosib taqdirlandilar.
Jumladan, boshqarmadan bo‘lim boshliqlari Zulfiqorov Furqat Toʻxtatoshevich hamda Sadirov Uchqun Abdullayevich. Shuningdek, Samarqand shahar statistika boʻlimi boshligʻi Ulashev Jahongir Abdirasulovich, Bulungʻur tumani statistika boʻlimi boshligʻi Turdiyev Sayfiddin Isroilovich, Jomboydan Boʻriyev Sherzod Axtamovich, Nuroboddan Toʻrayev Muxtor Erkayevich, Urgutdan Tursunkulov Dilshod Raxmatovich hamda Kattaqoʻrgʻon tumanidan Joʻrayev Nabijon Qahramonovichlar tizimdagi koʻp yillik samarali mehnatlari tufayli “Mustaqilligimizning 30 yilligi» esdalik nishonlari bilan munosib taqdirlandilar.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon boʻlsin!
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Axborot xizmati