31/08/2021

Joriy yilning 31-avgust kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi ayyomi munosabati bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda boshqarma xodimlari hamda hududiy statistika boʻlim xodimlari onlayn ishtirok etishdi.

Yigʻilishni boshqarma boshligʻi v.v.b. Abdiyev Sharof Azamovich ochib yigʻilganlarni bayram munosabati bilan muborakbod etdi.

 Aziz vatandoshlar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilayman. Mustaqil Vatanimizning tinchligi, gullab-yashnashi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar  yor boʻlsin! –deya soʻzlarini davom ettirdi Sh. Abdiyev.

Shuningdek, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari v.b. Suyunov Anvarjon Anarovich soʻzga chiqib, mustaqilligimiz, uning tarixi haqida yigʻilganlarga qisqacha maʼruza qildi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan taqdirlangan hamkasblarimizni ishlariga yana bir bor muvofaqqiyatlar tilagan holda, vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligini yuksaltirish borasida koʻp yillik samarali va namunali faoliyatlari, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish borasida yetuk kadrlar tayyorlashda yoshlarimizni vatanparvarlikka, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech