2021- yilning 9- sentabr kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani “Nurli yoʻl” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining joylarda qanday amalga oshirilayotganiga bagʻishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Suyunov, boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari, Toyloq tumani mahalla va oilani qo'llab quvvatlash bo‘limi, tuman statistika bo‘limi hamda kadastr bo‘limi xodimlari, tumandagi “Nurli yo‘l” MFY faollari, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sxematik reja va xaritalarni tayyorlash, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan hujjatlarni yuritilish holati hamda qarorining joylarda ijrosi qay tariqada ta’minlanayotganligi o‘rganildi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosini borishi yuzasidan tushunchalar berildi.
Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Axborot xizmati